Qoraqalpog‘istonda qurilish sohasi mansabdorlari 30 mlrdni “rastrata” qilgan – DXX
3-sahifa
−
17 fevral 2022
8942Qoraqalpog‘istonda qurilish sohasida 30 mlrd so‘m talon-taroj qilingan holatlar aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Preziyedntining “2018 yildagi investitsiyaviy va infratuzulmaviy loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2018-2021 yillarda Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv binolarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish uchun 54,3 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
2018 yilda o‘tkazilgan tenderda “Jayhun Universal Qurilish” MCHJ g‘olib chiqib, u tomonidan 2021 yilning sentyabr oyiga qadar barcha ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan.
Ammo, zarur mablag‘lar davlat byudjetidan ajratilganiga qaramasdan, rejalashtirilgan ishlar belgilangan muddatda yakuniga yetmagan.
Aniqlanishicha, pudratchi “Jayhun Universal Qurilish” MCHJ va buyurtmachi hisoblangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirgan holda, tegishli hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan 12,7 mlrd. so‘m miqdordagi pul mablag‘larini talon-taroj qilishgan.
Holat yuzasidan “Jayhun Universal Qurilish” MCHJ hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa buyurtmachi “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasi Qoraqalpog‘iston filiali va 7 ta pudratchi tashkilotlar mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, 2020 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan byudjet mablag‘ining 17,5 mlrd. so‘mini talon-taroj qilganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan ham qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi