Qoraqalpog‘istonda futbol o‘yini vaqtida katta janjal sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 10 avgust kuni Qoraqalpog‘iston XXVIII chempionatining 8-turi doirasidagi o‘yin janjal bilan yakunlandi. Bu haqda Mo‘ynoq tumani hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Chempionatning 8-turi doirasida kecha soat 18:00 da Mo‘ynoq tumani “Orol” klubi maydonida “Mo‘ynoq Siti” va Milliy gvardiyaning “Jayhun” jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘yin payti ikki jamoa o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Bunga 67-daqiqada “Mo‘ynoq Siti” vakili S.Mirzamurotov “Jayhun” a’zosi A.Yerejepovni yiqitishi sabab bo‘lgan.

Buning ortidan stadiondagi muxlislar ham o‘z noroziligini bildirib, maydonga chiqishgan.

IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan vaziyat murakkablashishi oldi olingan. Hodisada hech kim jarohatlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

janjal futbol

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing