Qoraqalpog‘istonda bola “Hot lunch”dan zaharlandimi? “SES” izoh berdi
3-sahifa
−
30 yanvar 2023 14104 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida ikki nafar bolaning tez tayyor bo‘luvchi “Hot lunch” vermishelidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan QALAMPIR.UZ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Saidova Maftuna bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, zaharlanish oqibatida shifoxonagan yotqizilgan bir nafar bola vafot etgan, ikkinchisining esa ahvoli yaxshi. Mas’ulning ta’kidlashicha, zaharlanishga “Hot lunch” lapshasi sabab bo‘lmagan.
“Tez tayyor bo‘luvchi “Hot lunch” lapshalarining bu yerda hech qanday aloqasi yo‘q. Ikkala bola ham zararli uy hayvonlarini o‘ldirish uchun beriladigan “Margimush” dorisidan zaharlangan”, deya urg‘uladi Maftuna Ergasheva.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan navbatdagi videoda esa o‘zini taksi haydovchisi deya tanishtirgan erkak “bolalar “Hot lunch”degan zaharlandi” degan ma’lumotni tarqatganini tan oldi va bu yolg‘on axborot bo‘lganini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, yolg‘on axborot tarqatgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) bilan javobgarlikka tortiladi.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust