Qoraqalpog‘istonda 1 sinf bolasi darsdan majburan olib chiqib ketildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi maktablardan birida dars jarayoniga bostirib kirib, bola olib chiqib ketilgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, holat joriy yilning 5 sentyabr kuni Ellikqal’a tumanidagi 28-maktabda sodir bo‘lgan. 1-sinf o‘quvchisi X.Yo. (o‘g‘il bola)ning onasi S.Sh. dars jarayonini buzgan holda sinfga kirib borib, o‘qituvchi uni to‘xtatishga urinishiga qaramasdan, kuch ishlatib majburan o‘g‘lini sinfdan olib chiqib ketgan.

Holat yuzasidan S.Sh va boshqa shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid tegishli hujjatlar to‘planib, sudga yuborilgan. Bugun, 20 sentyabr kuni mazkur ish sudda ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar o‘rtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan bo‘lib, mazkur masala yuzasidan hujjatlar sud tartibida hal qilinishi uchun taqdim etilgan.

“X.Yo.ning hozirda ta’lim olish huquqi tiklanib, bola maktabda o‘qishini davom ettirmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston dars

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing