Qoraqalpog‘istonda havodan ichimlik suvi olish yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan Chimboy tumani meteostansiyasiga atmosfera havosidan ichimlik suvini ishlab chiqarish “atmosfera suv generatori” (Airaqua – 7 ta tozalash filtridan iborat) qurilmasi tajriba (sinov) tarzida ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ xabar qildi.

Mazkur qurilma ichimlik suvi yetib bormagan va yetkazib berish iqtisodiy jihatdan qimmatga tushadigan hududlarga moslashtirilgan. Ushbu innovatsion texnologiya sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi va undan olinayotgan statistik ma’lumotlardan foydalangan holda respublikadagi boshqa meteostansiyalarga ham o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

“Atmosfera havosi namliklarning ulkan rezervuari ekani hisobga olinsa, atmosfera suv generatorini o‘rnatish atmosfera suvini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng samarali qurilma deyish mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu moslama distillangan suvdan xam tozaroq suv olish imkonini beradi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Qurilma atmosfera havosi namligiga va haroratga qarab kuniga taxminan 12 litrdan 30 litrgacha ichimlik suvi yetkazib berish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

suv Qorakalpog'iston

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing