Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
Olam
−
18 Oktabr 2022 7781 2 daqiqa
Rustam Tursinboyevich Saparboyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, bugun, 18 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari o‘ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Hukumat organlari, respublika tarmoq va hududlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari ishtirok etgan.

Sessiyani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinboyev ochgan.
Sessiya kun tartibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari saylovi to‘g‘risidagi masala kiritilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 81-moddasi 4-bandiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonunchilik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga 18-son “Janbaskala” saylov okrugidan deputat Saparboyev Rustam Tursinboyevich nomzodi taklif etilgan.
Rustam Tursinboyevich 1982 yilda Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi – huquqshunos va siyosatchi.
2004 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan.

U 2021 yildan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining ijtimoiy va diniy munosabatlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Taklif etilgan nomzod deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasi 4-bandiga asosan Rustam Saparboyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr