Qoraqalpog‘iston voqeasining 35 nafar ayblanuvchisi uyiga qaytdi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istondagi voqealarda ishtirok etgan yana 35 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Mustaqil komissiya jamoatchilik kengashi xabar bermoqda.

Komissiya tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish davomida sodir etgan qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti og‘ir bo‘lgan ayblanuvchilarning uchinchi ro‘yxati shakllantirilgan va ularni oilasiga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

Shu tariqa ayblanuvchilar Komissiya a’zolari taklifi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan, bugun, 1 noyabr kuni qamoqdan ozod etiladi.

Bundan oldin, shu yilning  30 avgust kuni 34 nafar, 13-14 oktyabr kunlari 38 nafar ayblanuvchi Mustaqil komissiya tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida oilasi bag‘riga qaytarilgan edi.

Ma’lumot uchun, Mustaqil komissiya tashabbusi bilan shu raytga qadar yaqinlari bag‘riga qaytarilgan Qoraqalpog‘iston ayblanuvchilari soni jami 107 nafarni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing