Qoraqalpog‘iston va Toshkentda jami 32 nafar bemor koronavirusni yengib o‘tdi
Jamiyat
−
07 may 2020
7446Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida 32 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 6 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Shu soatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida esa 18 nafar, jami 32 nafar koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemorlar reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, endilikda Qoraqalpog‘istonda to‘liq sog‘ayganlar 101 nafar, Toshkent shahrida esa 518 nafarga yetdi. Shunday qilib, bugunning o‘zida 79 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1656 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda koronavirus aniqlanganlar soni 2269 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot этганлардан tashqari, jami 603 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi