Qoraqalpog‘iston Suv xo‘jaligi vaziri tayinlandi

Jamiyat

image

Adilbek Ruzimuhammadovich Reimbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Adilbek Reimbayev Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Adilbek Reimbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Apparati tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, "Paxtaarna-Nayman" irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing