Qoraqalpog‘iston Oliy ta’lim vaziri tayinlandi 

Jamiyat

image

Batirbek Tulepbergenovich Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kenesi matbuot xizmati xabar berdi.

U shu kunga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali direktori lavozimida ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, Batirbek Kaipbergenov 1970 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. U 1992 yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 2004 yilda “O‘zbekiston Belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing