Qoraqalpog‘iston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri tayinlandi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2024
5743Qabilbek Baxitbekovich Aytbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bugun, 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Xidoyatovning tegishli buyrug‘iga asosan Qabilbek Baxitbekovich Aytbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Qabilbek Aytbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Kapital qurilish va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha kotibiyati boshlig‘i, Nukus shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi