Qoraqalpog‘iston Investitsiya va tashqi savdo vaziri tayinlandi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2024 5141 1 daqiqa
Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari — Investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
U tayinlovga qadar O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, vazir sifatida ishlagan.
Jollibekov, shuningdek, O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Paraxat Kaipbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri vazifasini bajaruvchi, Daryabay Kaypov esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangandi.