Qorabog‘da portlash bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 21 yanvar kuni mahalliy soat bilan 13:30 atrofida Ozarbayjon politsiyaga Qorabog‘ tizmasining sharqiy etagida joylashgan Ag‘dam viloyati hududida mina portladi. Bu haqda Ozarbayjon IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ag‘jabedi tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Faiq Sayyod o‘g‘li Abishov portlash oqibatida jarohatlangan. Ayni paytda uning shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.

Manbaga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 19 sentyabr kuni Qorabog‘da noqonuniy qurolli guruhlar a’zolari tomonidan o‘rnatilgan mina bir necha ozarbayjonliklarning hayotiga zomin bo‘lgan edi. Joriy yilning 17 yanvar kuni esa Saudiya Arabistoni Qorabog‘ni minalardan tozalashda Ozarbayjonga yordam berishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon mina Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing