Qorabog‘ mojarosi - 84 yashar asir o‘ldirildi

Olam

image

Armaniston Ombudsmani Arman Tatoyan Ozarbayjonda 84 yoshli Tog‘li Qorabog‘ fuqarosi Misha Melkumyan halok bo‘lgani haqida ma’lum qildi. Eslatib o‘tish joizki, u tan olinmagan Respublikaning mintaqalaridan birida Ozarbayjon qo‘shinlari tomonidan olib borilgan harbiy harakatlar natijasida asirga olingan edi.

"Bu kecha Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan qo‘lga olingan 84 yoshli Misha Melkumyan vafot etdi", dedi Tatoyan. U bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘limga "Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan arman mahbuslariga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish", sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, mintaqadagi vaziyat 27 sentyabrda keskinlashdi, bahsli hududda faol janglar boshlandi. Tomonlar o‘ldirilgan va yaralanganlar, shu jumladan, tinch aholi orasida. Uch marta o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilgan edi, ammo deyarli darhol mojaro tomonlari ularni buzganlikda ayblay boshladilar.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida keskinlik avj olgandan keyin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirgan edi. Prezident Vladimir Putin esa Nikol Pashinyan bilan muloqot qilib, masalani tinch yo‘l bilan hal etishni tavsiya qildi. Bu orada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev asosiy kuch va dastakni Turkiya Respublikasidan olayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu kuni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar va Erdo‘g‘an turk xalqi va davlati Ozarbayjonni bor imkoniyati bilan qo‘llab-quvvatlashini eslatdi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ mojaroli zonasidagi vaziyat ko‘p jihatdan Rossiyaga bog‘liq. Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhining hamraisi. 1 oktyabr kuni guruh hamraislari – AQSH, Rossiya va Fransiya Tog‘li Qorabog‘ masalasida qo‘shma bayonot e’lon qildilar.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing