Qora tanlilar yetakchisi AQSHga o‘t qo‘yish bilan tahdid qildi

Olam

image
Qur’ondagi haqiqat yoxud Jorj Floyd emas, AQSHning dunyoda ustunligiga janoza o‘qilyapti north_east

Qur’ondagi haqiqat yoxud Jorj Floyd emas, AQSHning dunyoda ustunligiga janoza o‘qilyapti

Black Lives Matter tarafdorlari AQSH hukumati ularning talabini bajarmasa “tizimga o‘t qo‘yib, uni almashtirish” niyatida. Tashkilotning Nyu-Yorkdagi bo‘limi yetakchisi Xouk Nyusom “Fox News” telekanali efirida shunday fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, amerika tizimi mustaqillik uchun urushdan boshlab, kuch ishlatishga asoslangan. Shu tariqa u zo‘ravonlik metodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

“AQSH tuzumlarga aralashib, ularni qo‘porib tashlaydi, yetakchilarini o‘ziga ma’qul odamlarga almashtiradi. Shuning ekan har qaysi amerikalikning bizni zo‘ravonlikda ayblashi favqulodda ikkiyuzlamachilik”, dedi Nyusom.

Nyusom kuch ishlatishni yoqlamasligini, lekin bu maqsadga erishishda samarali yo‘l ekanini ta’kidladi. U 1960-yillar voqealarini misol keltirib, qora tanlilar o‘z maqsadiga erishganini aytib o‘tdi.

“Agar bu mamlakat biz istagan narsani bermasa, bu tizimni yoqamiz va uni almashtiramiz. Tushunarlimi?”, degan faol.

Nyusom qora tanlilarning ozod qilinishini va afroamerikaliklarning hokimiyatga kelishini istamoqda.

Ma’lumot uchun, Minneapolis shahrida qora tanli Jorj Floydning politsiyachi sabab halok bo‘lishi ortidan mamlakatda norozilik namoyishlari avj oldi. Odamlar ko‘chaga chiqib, politsiyaning beboshliklariga chek qo‘yishni talab qildi. Namoyishlar ochiq vandallik aksiyalariga aylanib, ko‘plab tarixiy yodgorliklar vayron qilindi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qora tanli

Baholaganlar

331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing