Qora dengizga to‘kilgan mazut Qrim qirg‘oqlarigacha yetib bordi

Olam

image

2024 yilning 15 dekabr kuni Rossiyaning neft tankerlaridan biri og‘ir bo‘ron vaqtida Kerch bo‘g‘ozida ikkiga bo‘linib ketib, uning ichidagi neft suvga to‘kilib ketgandi. Neft tankerlari halokatga uchraganidan keyin dengizga to‘kilgan mazut Qrim sohillarigacha yetib bordi. Bu haqda kecha, 2 yanvar kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qrimda neft mahsulotlari bilan ifloslangan ikkita hudud aniqlangan. Ular Kerch shahri plyaji hududida va Tobechik ko‘li yaqinida joylashgan. Shundan so‘ng voqea joyiga 150 ga yaqin kishi va 48 ta texnika yetib borgan. Sohilning 4 kilometrga yaqin qismi tozalangan, 2 tonnadan ortiq ifloslangan qum va tuproq olib chiqilgan, 168 ta qush qutqarilgan.

Krasnodar o‘lkasi operativ shtabining ma’lum qilishicha, so‘nggi kunlarda Anapa va Temryuk hududi plyajlaridan deyarli 73 ming tonna neft mahsuloti bilan ifloslangan qum olib chiqilgan. Uni qayta ishlash uchun olib borish hozircha maksimal mumkin bo‘lgan qayta ishlash hajmi ortib ketgani sababli vaqtincha to‘xtatilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kerch bo‘g‘ozida tankerlar halokati oqibatida mazut to‘kilishi sababli federal darajadagi favqulodda holat e’lon qilgandi. Qrim rahbari Sergey Aksenovga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun federal byudjetdan mablag‘ ajratiladi.

Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratev esa mintaqaviy darajada favqulodda holat e’lon qilgan edi. Bungacha, 17 dekabrdan Anapa va Temryuk rayonida munitsipal darajada favqulodda holat joriy qilingan. 21 dekabr kuni neft mahsulotlari Qrim qirg‘oqlariga yetib borgach, Kerchda favqulodda holat joriy etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim mazut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing