Qora dengiz sohilidagi shahar suv ostida qoldi (video)
Olam
−
04 Sentabr 2023
14328Turkiya shimolida kuchli yomg‘ir tufayli Qora dengiz sohilida joylashgan Giresun shahrini suv bosdi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.
Kuchli yomg‘ir 2 sentyabr kuni kechqurun boshlangan. Yomg‘ir oqibatida shaharning markaziy qismidagi ko‘chalar hamda birinchi qavatdagi ayrim uylar suv ostida qolgan.
Suv bosgan yo‘llar haydovchilarning mashinalarda harakatlanishini qiyinlashtirgan.
Yomon ob-havo oqibatlarini bartaraf etish uchun kommunal xizmatlar u yerga suv oqishi uchun kanalizatsiya quduqlarini ochishga kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Saudiya Arabistonida yog‘ingarchilik ortidan kuchli to‘fon yopirilgandi. Sentyabr oyi boshida esa Xitoyda “Saola” to‘foni mamlakat janubi-sharqiy sohillariga yaqinlashayotgani munosabati bilan eng yuqori darajadagi ob-havo xavfi e’lon qilingandi.
LiveBarchasi