Qor bilan qoplangan Qamchiq dovonida ko‘rish 100 metrgacha pasaydi (video)
Jamiyat
−
27 dekabr 2023
8556Qamchiq dovoni qor bilan qoplangan, ko‘rish 100 metrgacha pasaygan. Bu haqda “Qamchiqavtoyo‘l” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon” orqali O‘sh avtomobil yo‘lining “Qamchiq" dovonida havo bulutli. 218-256 km.lar oralig‘ida qor yog‘moqda. Yo‘llarda ko‘rish darajasi 100 metrni, tuman, havo harorati -2 darajani, namlik 81 foizni tashkil etmoqda.
Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida “Qamchiqavtoyo‘l” tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tun-u kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda.
Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
“Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qilinadi”, deyiladi xabarda.