Qonunchilikdan “militsiya” atamasi chiqarib tashlandi
Jamiyat
−
24 may 2019 11198 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Fuqarolik kodeksi hamda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunlaridan “militsiya” atamasi chiqarib tashlandi.
“Militsiya” degan so‘z o‘rniga “Ichki ishlar organlari” degan tushuncha kiritildi.
Live
Barchasi