Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosarlari bittaga ko‘paydi
Jamiyat
−
23 fevral 2021 6215 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
Deputatlar Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyevni yangi spiker o‘rinbosari lavozimiga sayladi.

Odiljon Tojiyev Qonunchilik palatasining raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.
Yangi spiker o‘rinbosari jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish va parlament imidji masalalariga ham mas’ul hisoblanadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust