Qonli yanvar voqealarida ayblangan sobiq politsiya rahbari qo‘lga olindi
Olam
−
27 aprel 2023
7904Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokurori Berik Asilov Olmaota viloyati politsiya boshqarmasining sobiq boshlig‘i Serik Kudebayev qo‘lga olinib, Turkiyadan Qozog‘istonga olib ketilganini ma’lum qildi.
Qozog‘iston xalqlari assambleyasi sessiyasi arafasida jurnalistlar Bosh prokurordan Kudebayev qo‘lga olingani va Qozog‘istonga olib ketilgani haqidagi ma’lumotga izoh berishni so‘ragan. Bosh prokuror buni tasdiqlab, u Turkiyadan mamlakatga olib ketilganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, 58 yoshli Serik Kudebayev mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvardagi tartibsizliklar paytida u Olmaota viloyati komendanti sifatida politsiya bo‘limi binosini tark etgan. Oqibatda qo‘zg‘olonchilar u yerdan qurol o‘g‘irlab ketgan.
Eslatib o‘tamiz, Olmaota viloyati politsiyasining sobiq rahbari Serik Kudebayev Bishkek orqali Istanbulga qochib ketgan edi. Buning ortidan Qirg‘iziston chegarani noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15