“Qonli yanvar” fojiasi yoxud Gorbachyov hayotidagi eng katta xato
Bu qiziq
−
20 yanvar
95801987 yilda Tog‘li Qorabog‘ning Armaniston sarhadlariga qo‘shilishi ortidan armanlar tomonidan ko‘plab gunohsiz odamlar o‘ldirildi. Bunga chek qo‘yish maqsadida 1990 yil 16 yanvar kuni Baku va bir qancha rayonlarda armanlar va ozarbayjonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar boshlanib ketdi.
Qorabog‘da kuchayib borayotgan keskinlikning oldini olish o‘rniga Sovet hukumati Ozarbayjon xalqiga qarshi dahshatli qatliom boshladi. Shunday qilib, bu kurashlar tarixda "Qora yanvar", "Qonli yanvar" yoki "20 yanvar fojiasi" deb yodda qoldi.
1990 yil 19 yanvardan 20 yanvarga o‘tar kechasi Sovet rejimining harbiy bo‘linmalari favqulodda holat e’lon qilmasdan turib, ittifoqning Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibi Mixail Gorbachyovning buyrug‘i bilan SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi Baku va boshqa bir nechta viloyatlarga bostirib kirdi. Tinch aholiga qurolli tajovuz ortidan yuzlab begunoh insonlar o‘ldirildi va yaralandi.
Oradan 5 yil o‘tib, 1995 yil 27 aprelda Istanbulda Mixail Gorbachyov "Qonli yanvar" voqealarini eslab:
“Bakuda favqulodda holat e’lon qilish va u yerga qo‘shin yuborish mening hayotimdagi eng katta xatoyim bo‘ldi”, degan u.
2015 yilda Gorbachyov o‘zining “Hayot va islohotlar” kitobida 20 yanvar kuni Bakuga qonli bosqin munosabati bilan Sovet armiyasining pozitsiyasini xotirladi. O‘shanda u bilvosita bo‘lsa-da, 20 yanvar qirg‘ini uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
“Men bu fojiali voqeadan saboq oldim. Hokimiyat ekstremal vaziyatda kuch ishlatishdan bosh torta olmaydi. Biroq, bu harakat asosli bo‘lishi va muhim choralar bilan cheklanishi kerak bo‘lgan. Muammoga faqat siyosiy vositalar orqali yechim topish kerak edi”, degan SSSRning so‘ngi prezidenti.
O‘shanda SSSR Kommunistik partiyasi Bosh kotibi Mixail Gorbachyov va Mudofaa Vaziri Dmitriy Yazov Ozarbayjon mustaqillik harakatining hukumatni ag‘darishga urinishlarining oldini olish uchun harbiy holat zarurligini ta’kidladi. Favqulodda holat e’lon qilinishidan oldin 82 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohatlandi. 20 yanvarda favqulodda holat e’lon qilinganidan so‘ng, yana 21 kishi o‘ldirildi. 25 yanvar kuni Neftchalada va 26 yanvar kuni Lankaronda 8 kishi qurbon bo‘ldi.
Ozarbayjon SSR Vazirlar Kengashining o‘sha paytdagi raisi Ayaz Mutallibovning 1989 yil 25 dekabrda yozgan xotiralarida keltirilishicha, uni Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Abdurahmon Vazirov chaqirtirgan.
“U falokat yuz berayotganini va biz Moskvadan yordam so‘rashimiz kerakligini aytdi. Bizda Ichki ishlar vazirligining dubulg‘alari va tayoqlari bilan jihozlangan o‘zimizning qo‘shin yo‘q edi. Ular faqat Moskvadan kelgan buyruqni bajarishdi. Biz Ichki Ishlar Vazirligi va Vazirlar Kengashidan harbiylar jo‘natishini iltimos qildik, xolos”, degan Ozarbayjonning sobiq prezidenti Ayaz Mutallibov.
Umumiy hisobda Sovet Armiyasi qo‘shinlarining Baku va Ozarbayjon viloyatlariga kirib kelishi ortidan 150 kishi halok bo‘lgan, 744 kishi yaralangan va 4 kishi bedarak yo‘qolgan. Yuzlab odamlar hibsga olingan. Halok bo‘lganlarning asosiy qismini ayollar, bolalar va qariyalar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va politsiyachilar tashkil qilgan.
Askarlar tomonidan otilgan yondiruvchi o‘qlar tufayli 200 ta uy , 80 ta yengil avtomashina, shu jumladan tez tibbiy yordam mashinalari, davlat va xususiy mulklari vayron bo‘lgan.
"70 yillik imperator qulligidan qutulish uchun bosh ko‘targan ozarbayjon xalqining ma’naviy qat’iyati tufayli, sovetlar qalbida qo‘rquv paydo bo‘ldi. Armiyaning shaharga hujumi chog‘ida begunoh odamlarning shafqatsizlarcha o‘qqa tutilishi, ularning tanklar tomonidan tor-mor etilishi, qishning sovuq, ayozli kechasida gulxan atrofida isinib, jon saqlayotgan tinch aholiga hujumni butun dunyoda nafrat va g‘azab bilan qarshi olishi kerak” deb yozgan o‘sha kuni “The Guardian” nashri.
Sovet askarlarining beayov qirg‘inlari oqibatida favqulodda holat e’lon etilishiga qaramay, xalq 22 yanvar kuni poytaxtning “Ozodlik” maydonida 20 yanvar qurbonlari xotirasiga motam yurishi o‘tkazdi va bu namoyishda 2 millionga yaqin inson ishtirok etdi.
Bundan 34 yil avval sodir bo‘lgan bu voqea Ozarbayjonda Umumxalq motam kuni sifatida qayd etildi va shundan buyon mamlakatda Xotira kuni sifatida o‘tkazilib kelinadi.
LiveBarchasi