10 yilda 60 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Ozarbayjon fuqaroligini oldi

Olam

image

O‘zbekistonlik mehnat migrantlari Ozarbayjonga mamlakatdan chiqish va ish topish imkoniyati sifatida, shuningdek, bu davlatda yashash va o‘z oilasini olib kelish uchun qiziqish bildira boshlagan. Bu haqda “Migranto” nashri xabar berdi.

Ozarbayjon statistik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yil ichida mamlakatda Ozarbayjon fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklar soni 60 mingdan oshgan.

“Bakuda ish haqi Toshkentdagidan 60% yuqori, mehnat bozori ochiq va tanlash imkoniyati ko‘p, ijaraga uy olish narxlari esa arzonroq. Mamlakatlar mentaliteti bir-biriga juda o‘xshash, shuning uchun bu yerga moslashish qiyin emas”, deb o‘z fikrlari bilan bo‘lishgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek ismli erkak.

Qayd etilishicha, u 2018 yilda Bakuga ishga kelib, qaytib ketmagan. Yagona to‘siq esa til bo‘lgan, ammo qisqa muddatda ozarbayjon tilini mukammal o‘rgangan va bu yerda oila qurib mahalliy ozarbayjonlik qizga uylangan.

“Hozir bemalol o‘zbek va ozarbayjon tillarida gaplasha olaman, rus tilini ham bilaman. Bu yerda yashayotganimga 6 yil bo‘ldi, yaxshi ish topdim, uylanganman va o‘g‘lim bor. Rafiqam mahalliy ozarbayjonlik, u oddiy va kamtarin, bu esa o‘zbek ayollariga xos emas, ular doimo ko‘p narsa talab qilishadi”, deydi o‘zbekistonlik.

Nashrning yozishicha, Ozarbayjonda tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pastligi mamlakatga yanada ko‘proq mehnat migrantlarini, jumladan, erkaklar va ayollarni jalb qilmoqda. Ayniqsa, sanoat va turizm sohalarida oddiy ishchi kuchi yetishmaydi.

Statistik ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, 2030 yilga kelib Ozarbayjonda millati o‘zbek bo‘lgan aholining soni bir necha barobarga oshishi va o‘zbek jamoalari mamlakat umumiy aholisining 3 foiziga yetishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2024 yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Ozarbayjon bilan ham Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma imzolagan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon fuqarolik mehnat migrantlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing