Ozarbayjon Erondan mamlakatga qarshi provokatsiyalarni “yig‘ishtirish”ni talab qildi
Olam
−
02 yanvar
3480Eron Islom Respublikasining Bakudagi muvaqqat ishlar vakili Said Ja’far Og‘oyi Maryan kecha, 1 yanvar kuni Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda Ozarbayjon TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida 2024 yil 29 dekabrda Ardabil viloyatida Eronning oliy rahbari Ali Xomanaiyning viloyat bo‘yicha vakili, imom Said Hasan Ameli ishtirokida Eronning radio va televideniye tashkilotining “Xabar tarmog‘i” kanalida efirga uzatilgan dasturda Ozarbayjon va uning rahbariga qarshi aytilgan haqoratli ifodalarga nisbatan Eron tomoniga keskin norozilik bildirilgan.
Bundan tashqari, so‘nggi paytlarda Eronda aholining ochiqchasiga anti-Ozarbayjon kayfiyatining jiddiy ravishda qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq norozilik alohida ta’kidlangan. Eronda anti-Ozarbayjon tashviqoti ikki tomonlama munosabatlar ruhiga, mamlakatlar oldida turgan maqsad va vazifalarga muvofiq emasligi qarshi tomonga bildirilgan.
“Bunday harakatlar ikki tomonlama, davlatlararo va aholi orasida munosabatlarni saqlash va chuqurlashtirish o‘rniga, nafrat va dushmanlik yaratishga qaratilganligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Ozarbayjon tomoni Eron rasmiysidan mamlakatga qarshi bunday provokatsiyalarga barham berilishini talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda ham Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oyxon Hojizoda Eronni Bakuga qarshi tobora ko‘proq tahdid va provokatsiyalar qilayotganlikda ayblagan edi.
LiveBarchasi