Qodirovning bolalari hurmatli mehmonlar safida Dubaydagi sammitga bordi
Olam
−
04 dekabr 2023
7962Dubaydagi iqlim sammitida Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning farzandlari – 23 yoshli Xadichat va 18 yoshli Ahmad ham kiritildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Checheniston maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Xadichat Qodirovaning ishtiroki, avvalroq boshqarma matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilingan. Ta’kidlanishicha, sammit doirasida Qodirovning qizi ikki tomonlama uchrashuvlar, shuningdek, turli seksiyalarda taqdimotlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Checheniston maktabgacha ta’lim boshqarmasining aniqlik kiritishicha, Qodirova allaqachon Falastin Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi rahbari Nisrin Tamimi va Suriya Atrof-muhit vaziri Husayn Maxluf bilan uchrashgan. Checheniston rahbarining qizi ikki davlat vakiliga ham "insonparvarlik faoliyatning ahamiyati" haqida gapirib bergan.
O‘z navbatida, Ahmad Qodirov COP 28 ishtirokchilar ro‘yxatiga "Umumrossiya ijtimoiy-davlat harakati mintaqaviy bo‘limi kengashi raisi" sifatida kiritilgan. Qodirovning o‘g‘li bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlangani noyabr oyida respublika parlamenti rahbari Magomed Daudov tomonidan e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Dubaydagi iqlim sammiti doirasida Polsha, Latviya va Litva Prezidentlari Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bilan birgalikda suratga tushishdan bosh tortgandi.
LiveBarchasi