Qodirovning 20 yoshli arzandasi Bosh vazirga o‘rinbosar bo‘ldi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Ahmad Qodirov Checheniston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlanandi. Bu haqda Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Shuningdek, ayni lavozimga Checheniston Respublikasining Milliy siyosat va axborot vaziri Ahmad Dudayev ham tayinlangan. 

“Do‘stlar, 2026 yilni Checheniston Respublikasi hukumati tuzilmasida kichik kadrlar o‘zgarishlari bilan boshladik. Xususan, aziz birodarim, Checheniston Respublikasi hukumati raisi Magomed Daudovning taqdimiga binoan Ahmad Qodirov Checheniston Respublikasi hukumati raisi o‘rinbosarining vazifasini bajaruvchi – Checheniston Respublikasining Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, men Ahmad Dudayevni Checheniston Respublikasi hukumati raisi o‘rinbosarining vazifasini bajaruvchi – Checheniston Respublikasining Milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildim”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, Ahmad Qodirov 2005 yilda tug‘ilgan. U 2022 yildan buyon Checheniston Respublikasi rahbarining maslahatchisi lavozimida ishlagan, shuningdek, Rossiyaning Bolalar va yoshlar harakati – “Birinchilar harakati”ning hududiy bo‘linmasi kengashi raisi bo‘lgan.

2023 yil noyabr oyida Ahmad respublikaning Jismoniy tarbiya, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. 2024 yil 17 fevralda Checheniston Respublikasining yoshlar ishlari vaziri lavozimini egallagan. 2024 yil 21 mayda Checheniston Respublikasining Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlangan. 2024 yil 23 mayda esa “Ahmat” futbol klubi prezidenti bo‘lgan. Shuningdek, u Checheniston Respublikasida yoshlar siyosati sohasida xizmat ko‘rsatgan xodim unvoniga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ahmad Qodirovga “Grozniy shahrining faxriy fuqarosi” unvoni berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Ahmad Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing