Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li yana bir lavozimni egalladi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Adam Qodirov yana bir lavozimni egalladi. U endilikda “Baysangur Benoyevskiy” batalonining ham kuratori bo‘ldi. Bu haqda Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kichik Qodirov “bolaligidan haqiqiy jangchi xarakteriga ega bo‘lgan, vaqt o‘tishi bilan u o‘zini mohir tashkilotchi sifatida namoyon etgan. 

Vazir ta’kidlashicha, Checheniston rahbarining o‘g‘liga yuklangan vazifa mas’uliyatli va murakkab. Shu bilan birga, Dudayev 16 yoshdagi o‘smir buning uddasidan chiqishiga 100% ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida Adam Qodirov “Shayx Mansur” bataloniga kurator etib tayinlangan edi. Shu paytgacha u 1-darajali “Islom diniga xizmatlari uchun” ordeni, “Checheniston qahramoni” unvoni,  “Kabardin-Balkar Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni hamda akalari Ali va Ahmad qatorida Checheniston parlamentidagi rag‘batlantirishning eng yuqori shakli – “Daymexkan Siy” (Vatan sharafi) ordeni bilan mukofotlangandi. Noyabr oyi boshida u otasining xavfsizlik xizmatida “muhim” va “mas’uliyatli” lavozimga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston Adam Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing