Qodirov Ukrainadagi urush oxirigacha olib borilishi kerakligini aytdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarga qarshi ekanini va Moskva harbiy harakatlarni davom ettirishi lozimligini bildirdi. Bu haqda u bugun, 29 yanvar kuni jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.

O‘zini Putinning “piyoda askari” deb ataydigan Qodirov jurnalistlar bilan suhbatda urush masalasiga to‘xtalgan. Uning bayonotiga ko‘ra, to‘rt yildan buyon davom etayotgan urushda Rossiya chekinishi kerak emas.

“Menimcha, urushni oxiriga yetkazish kerak. Men muzokaralarga qarshiman”, dedi Ramzan Qodirov.

Shu bilan birga, Checheniston rahbari urushni qachon va qanday to‘xtatish masalasi faqatgina Prezident Vladimir Putinning ixtiyorida ekanini qo‘shimcha qilgan. 

Kreml esa Rossiya Ukrainadagi maqsadlariga, avvalo, diplomatik yo‘l bilan erishishni afzal ko‘rishini, biroq bu imkonsiz bo‘lsa, harbiy choralar davom ettirilishini bildirgan.

Bu fikrlar aynan AQSH Prezidenti Donald Tramp mojaroni yakunlash uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirayotgani bir paytda yangradi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Ramzan Qodirovning ehtimoliy o‘limi ortidan hokimiyat vakuumi yuzaga kelishi muammosini hal qilish ustida ishlayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing