Rossiya Ukraina poytaxtiga bombalar yog‘dirdi. Qurbonlar bor
Olam
−
08:29 3034 1 daqiqa
Rossiyaning Ukraina poytaxti Kiyev atrofidagi hududlarga bergan zarbalari oqibatida 3 kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina mahalliy rasmiylari ma’lum qildi.
Kiyev viloyati ma’muriyati rahbari Timur Tkachenkoning aytishicha, mazkur hujumda yana 3 kishi jarohat olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt yaqinidagi Borispol tumanida uchta hudud Rossiya zarbalariga uchragan.
Kiyev shahri meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, shaharning o‘zida ham havo hujumi haqidagi ogohlantirishdan so‘ng ikki tumanda yong‘inlar qayd etilgan.
Mahalliy manbalarning guvohlik berishicha, shahar markazida bir nechta kuchli portlash ovozlari eshitilgan va ular binolarni silkitgan.
Qayd etilishicha, Ukraina Rossiyaning ballistik raketalarini urib tushirishga qodir havo mudofaasi vositalari yetishmasligi muammosiga duch kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Qurolli kuchlari joriy yilning 1-7 avgust kunlari Ukraina hududidagi 8 ta aholi punktini nazoratiga olganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi