Migrantlar topgan pulidan soliq to‘lashi kerak – Alisher Qodirov (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarni soliqqa tortishni taklif qildi.

“Mamlakatning taraqqiyoti uchun soliqlarning o‘rni juda muhim. Nima uchun bizda migrantlar xorijda ishlab, daromadidan soliq to‘lamasligi kerak? O‘zbekiston taraqqiyoti uchun kelinglar soliq to‘laylik. Biz faqatgina migrantlar ishlagan joyidan oilasiga jo‘natgani pulini hisob-kitob qilyapmiz. Bu yaxshi. Tan olimishimiz kerak. Lekin, u oilasiga jo‘natilgan pul. Undan soliq undirilmagandan keyin mamlakatning taraqqiyoti uchun ishlatilmayapti. Shuning uchun men taklif qilgan bo‘lardim, kelinglar yanayam vatanparvarroq bo‘laylik. Migrantlar ham mamlakat taraqqiyoti uchun solig‘ini to‘lasin”, deydi nomzod Qodirov.

Bir necha million o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilishini inobatga olsa, nomzodning taklifi ularni Qodirovga qarshi qo‘yadi. O‘z-o‘zidan xorijdagi millionlab o‘zbekistonlik “Milliy tiklanish” partiyasi nomzodiga ovoz bermaydi. Hatto, muhojirlikda bo‘lmagan saylovchilar ham bu taklifni xushlamasligi turgan gap.

Ularning orasida Qodirov atayin shunday taklif bildirgan deguvchilar ham topilyapti. Ammo prezidentlikka intilayotgan nomzod nega ham odamlarning tanqid va qarshiligiga uchraydigan taklif bildirsinki?


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov Milliy tiklanish

Baholaganlar

701

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing