Qodirov Rossiya bilan viza rejimini joriy etish taklifini qo‘llab-quvvatladi
Jamiyat
−
10 dekabr
8713Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov rus siyosatchilarining butun Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya bilan viza orqali kirish-chiqish qilish haqidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.
“Yaqin kelajakda kutilayotgan beqarorlik, relokantlarni jiddiy ortishi ehtimollari fonida nafaqat biz, butun Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya bilan viza orqali kirish-chiqish qilish, ish izlab borayotganlarga talablar va nazoratni kuchaytirish haqidagi rus siyosatchilarining tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak deb o‘ylayman”, deydi Qodirov.
U O‘zbekistonda yashaydigan hamma o‘zbek tili, madaniyati va mahalliy qadriyatlarni bilishi va hurmat qilishi kerak deb hisoblashini va xorijga ish izlab borayotgan o‘zbekistonliklarni ham mahalliy til, madaniyat, qonunlar va qiladigan ishini yaxshi bilishi zarurligini tan olishini bildirgan.
“Bu bilan haqini himoya qila olmaydigan, mahalliy ayirmakashlar tomonidan kamsitilishga rozi bo‘layotgan, eng yomoni, ixtiyoriy-majburiy, mas’uliyatsizlarcha hayotini sotib yuborib O‘zbekiston uchun jiddiy ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy yuk yaratayotgan ayrim fuqarolarimizga ham yordam bergan bo‘lamiz”, deydi deputat.
Qodirov o‘z postida Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Leonid Slutskiyning “Migrantlar kodeksi”ni yaratish taklifini ilova qilgan.
LDPR raisining ta’kidlashicha, kodeks bir qator qoidalarni o‘z ichiga oladi, unga ko‘ra mehnat migranti rus tilini bilishi, agar u Rossiya Federatsiyasida yashasa, oilasiga rus tilini o‘rgatishi, xalq madaniyati va an’analarini hurmat qilishi shart. Bundan tashqari, bunday chet el fuqarosi rasman ishga joylashtirilishi va soliq to‘lashi, ishlash uchun ruxsatnoma olgani, deportatsiya yoki chiqarib yuborilish xavfidan sug‘urtalanishi, shuningdek, barmoq izlari, genomik ro‘yxatga olish va ruhiy tekshiruvdan o‘tishi kerak.
LiveBarchasi