Qodirov OTMlarda darsni soat 10:00 dan boshlashni taklif qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov mamlakatda talabalar darsining boshlanish vaqtini surish taklifi bilan chiqdi.

Deputatga ko‘ra, Tirbandlikni keltirib chiqarayotgan oqimning katta qismi talabalar. Tirbandlik ertalab o‘qishga kelish va qaytish vaqtiga to‘g‘ri kelyapti.

“Nima uchun davlat xizmatida ish boshlash vaqtini 8:30, oliygohlarda o‘qish boshlash vaqtini 10:00 ga belgilash mumkin emas? Osmon uzilib yerga tushmaydi, lekin jamoat transportiga ham, avtoyo‘llarga ham bosim jiddiy kamayadi”, deydi deputat.

Shuningdek, u tirbandliklarga qarshi kurashish uchun yo‘llarda avtobuslarga maxsus yo‘lak ajratsa, bu tramvaylarni qaytarishdan ko‘ra arzonga tushishini ta’kidlab o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

talaba

Baholaganlar

382

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing