Qobuljon Ahmedov OAV uchun kontent tayyorlash markaziga direktor bo‘ldi

Jamiyat

image

Qobuljon Xoliqovich Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Shuningdek, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktoriga ikki nafar o‘rinbosar ham tayinlangan. Bular Husan Ravshanovich Salixov va Jahongir Muhammadali o‘g‘li Abdurahmonov.

Markaz direktori Qobuljon Ahmedov haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, u bungacha MY5 telekanalining bosh direktori bo‘lgan, tayinlovga qadar MTRKning “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori lavozimini egallab kelgan. Husan Salixov esa taniqli rejissyor bo‘lib, tayinlovga qadar Prezident Matbuot xizmatining Media markaziga rahbarlik qilgan.

Jahongir Abdurahmonov shu vaqtga qadar Prezident Matbuot xizmatida bosh konsultant lavozimini egallab kelgan, bundan avval “Uzreport” telekanalida shef-muharrir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilishi xabar qilingandi. Prezident Administratsiyasi Matbuot xizmati media-markazi negizida esa Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Administratsiyasi Qobuljon Ahmedov Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing