Qobuldagi Rossiya elchixonasi oldidagi portlash tashkilotchilari ma’lum bo‘ldi

Olam

image

ISHID manbalari Rossiyaning Qobuldagi elchixonasi yaqinida terakt sodir etgan xudkushning suratini chop etdi. Guruh ikki rossiyalik diplomatning o‘limiga sabab bo‘lgan portlashda ishtirok etganini da’vo qilmoqda. ISHID bayonotidan “Reuters” iqtibos keltirgan.

Terrorchilik guruhi bayonotida aytilishicha, ularning jangarisi elchixona yaqinida “rossiyalik xodimlar ishtirok etgan majlisda xudkush kamarini portlatgan”.

Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni Rossiyaning Qobuldagi elchixonasi konsullik bo‘limiga kiraverishda noma’lum jangari portlovchi moslamani ishga tushirdi. Oqibatda olti kishi, jumladan, ikki nafar rossiyalik diplomat va to‘rt nafar “Tolibon” a’zosi halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi. “Tolibon” xavfsizlik kuchlari elchixona xavfsizligini ta’minlash uchun jiddiyroq choralar ko‘rishga, shuningdek, aybdorlarni jazolashga va’da berdi.

Kremlda Qobuldagi elchixona xodimlarining o‘limi terakt sifatida baholandi. “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, Kreml rossiyalik diplomatlar uchun barcha xavfsizlik kafolatlarini bajarayotganiga ishontirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qobul portlash

Baholaganlar

416

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing