Qobul Do‘sov ishi apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqildi
3-sahifa
−
13 mart
9636Joriy yilning 11 mart kuni Toshkent shahar sudida sobiq deputat Qobul Do‘sovga nisbatan chiqarilgan hukm apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 11 martdagi ajrimi bilan Qobul Do‘sovga (1984 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan) nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2025 yil 24 yanvardagi ajrimi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Ajrimdan norozi taraflar Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga haqli ekani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2024 yil 22 noyabrdagi hukmiga muvofiq Qobul Do‘sov Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi. Joriy yil 24 yanvar kuni Qobul Do‘sovni Samarqand viloyatida hibsga olindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining joriy yilning 24 yanvardagi ajrimiga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2024 yil 22 noyabrdagi hukmi bilan mahkum Qobul Do‘sovga nisbatan tayinlangan va o‘talmay qolgan 11 oy 2 kun ozodlikni cheklash jazosi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilib, jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi. 24 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudida Qobul Do‘sovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi. Sud hukmiga ko‘ra, Qobul Do‘sov 4 nafar jabrlanuvchiga (Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimi mas’ullari N. Yalgasheva, O. Kamolova, Sh. Hasanova va S. Suyarova) Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a” bandi va 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash), 59-moddasi 8-qismi va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Do‘sov tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tashi belgilangan.
LiveBarchasi