Qobul aeroportida portlash sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 26 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi aeroport yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Terrorchilik harakati sifatida baholangan portlash oqibatida kamida 15 kishi jarohatlangan. Bu haqda “The Wall Street Journal” gazetasi yozmoqda.

Qayd etish kerakki, ushbu ma’lumotni Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi ham tasdiqlagan. 

“Sky News Arabia” telekanalining xabar berishicha, xudkush portlovchi qurilmani ishga tushirgan, portlash aeroportning shimoliy darvozasida yuz bergan. Hali ham aeroport yaqinida Afg‘onistonni tark etmoqchi bo‘lgan bir necha ming odam bor, tinimsiz o‘q ovozlari eshitilmoqda. CNN telekanaliga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida Afg‘onistonning tinch aholisi vakillari ham  bor.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 avgust kuni Qobul aeroportini tark etayotgan Italiyaning harbiy samolyoti o‘qqa tutildi. Harbiy havo transporti evakuatsiya jarayonlarida qatnashayotgan va bortida 98 fuqaro hamda jurnalistlarni Afg‘onistondan olib ketayotgan bo‘lgan.  

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan  "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi. Biroq, ular ayni vaqtda uy qamog‘iga olingan.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

237

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing