Qohirada 10 qavatli uy quladi. Kamida 3 kishi halok bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 27 mart kuni erta tongda Misr poytaxti Qohira sharqida 10 qavatli uy quladi. Oqibatda kamida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Al-Ahram" gazetasi xabar bermoqda.  

Ta’kidlanishicha, voqea natijasida 23 kishi jarohat olgan, ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. 

Hodisa Omar bin al-Xattab hududida, Omar bin metro stansiyasi yaqinida sodir bo‘lgan. 

Ayni paytda qutqaruvchilar vayronalar ostida qolishi mumkin bo‘lgan odamlarni qidirmoqda. 

Hozircha bino qulashining sababi aytilmagan. 

Manbaning yozishicha, voqea joyiga Qohira gubernatori, general-mayor Xolid Abdel Aal yetib kelgan. U vayron bo‘lgan bino va talafot darajasini aniqlash uchun muhandislik qo‘mitasini tuzishni buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 mart kuni Misr janubidagi Soxag provinsiyasida ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Misr Qohira

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing