Qizini sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, onasidan pul olgan tovlamachi ushlandi
3-sahifa
−
13 fevral 2021
10625Qashqadaryo viloyatida qiz bolani sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, uning onasidan pul olayotgan tovlamachi ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Fuqaro I.Q. Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U 21 yoshli Shahzod X. uning qizi S. bilan telefon orqali bo‘lgan so‘zlashuvlarini yozib olib, qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Joriy yilning 9 fevral kuni I.Q.ning murojaati yuzasidan IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Shahzod X., tovlamachilik yo‘li bilan I.Q.dan 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar Tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
LiveBarchasi