Qizini ayiq qafasiga tashlagan ayolga tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilishi mumkin

3-sahifa

image

Toshkentda 3 yashar qizini Hayvonot bog‘ida ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tomonidan berilgan bayonotda so‘z boradi. 

Uning qayd etishicha, Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiqlar voleriga tashlab yuborgan ayolga ko‘zg‘atilgan jinoyat ishini unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalasini hal etishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga yuborish haqida qaror qabul qilingan. 

“Sudga oid psixiatriya va psixologiya kompleks ekspertizalari xulosalariga ko‘ra, ayol umrbod ruhiy xastalik bilan betoblanib kelgani, ruhiy holatidan kelib chiqqan holda, u tergov va sudda to‘g‘ri ko‘rsatmalar berish qobiliyatiga ega emasligi ko‘rsatilgan”, deb yozadi Shamsutdinov. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida yuz bergan mudhish holat muhokamalarga sabab bo‘ldi. Soat taxminan 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

2018 yilda tug‘ilgan qizaloqqa dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatadi. Shundan so‘ng tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

Hayvonot bog‘i ma’muriyatiga ko‘ra, 3 yoshli qizaloq intensiv terapiya xonasiga ko‘chirilgan.

Hozirda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Prokuratura qizini ayiq qafasiga uloqtirgan ona ruhiy 2021 yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishini ma’lum qildi.

Toshkent shahar Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi esa ayol oliy ta’lim muassasasida dars berishini va turmush o‘rtog‘i bilan ajrayotganini ochiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing