“Qizilqum” bosh murabbiyi deputatlikka saylandi
Sport
−
27 dekabr 2021 4291 1 daqiqa
Navoiyning “Qizilqum” futbol klubi bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov Xalq deputatlari Karmana tuman kengashi deputati, etib saylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi Karmana tuman saylov komissiyasining bo‘shab qolgan o‘ringa deputatlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaroriga binoan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati “O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi” a’zosi, Navoiy shahri “Qizilqum” PFK bosh murabbiyi Hamidjon G‘ulomovich Aktamov 5 ta nomzod orasida 78,5 foiz ovoz to‘plab, Karmana tuman kengashiga deputat etib saylandi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” 2021 yilgi O‘zbekiston Superligasida 31 ochko to‘plagan holda 9-o‘rinni egallagan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025