Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalariga 3 foizlik komissiya joriy etilishi mumkin
Olam
−
25 iyun 3013 1 daqiqa
Rossiya Davlat dumasiga migrantlarning har bir xalqaro bank o‘tkazmasi uchun 3 foiz miqdorida yig‘im undirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda “Spravedlivaya Rossiya” partiyasi rahbari Sergey Mironov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, migrantlarning aksariyati Rossiyada soliq to‘lamaydi, biroq mamlakatdan katta mablag‘larni chiqarib, Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga yo‘naltirmoqda.
“Rossiya byudjeti bu pul oqimidan hech qanday daromad olmayapti – na soliq, na yig‘im. Barcha foydani pul o‘tkazmalari uchun komissiya oladigan to‘lov tizimlari va banklar ko‘rmoqda. Bu kabi xayriyaga chek qo‘yish vaqti keldi”, degan Mironov.
Deputatning ta’kidlashicha, transchegaraviy pul o‘tkazmalarining asosiy qismi migrantlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Statistikaga ko‘ra, o‘tgan yili Qirg‘izistonga rekord darajada – 3,2 milliard dollar o‘tkazilgan. O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi esa 2025 yil yakunlari bo‘yicha 15 milliard dollarga yetgan.
Qonun tashabbuskorlari har bir xalqaro pul o‘tkazmasi summasining 3 foizigacha bo‘lgan majburiy yig‘im joriy etishni taklif qilmoqda.
Mironovning hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur qonun qabul qilinsa, Rossiya byudjeti har yili qo‘shimcha ravishda 45 milliard rubldan ortiq mablag‘ olishi mumkin.
Avvalroq, Rossiya Davlat dumasida migrantlar uchun til imtihonini topshirish qoidalarini yanada qat’iylashtirish taklifi ham ilgari surilgan edi.
Live
Barchasi