Qizil kitobga kiritilgan 13 bosh jayron otib o‘ldirildi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonda brakonerlar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 13 bosh jayronni otib o‘ldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 23 sentyabr kuni soat 3:00 da Mo‘ynoq tumani “Qozoqdaryo” OFY hududidan oqib o‘tuvchi “Aqshadaryo” kollektori atrofida o‘tkazilgan tungi reyd natijasida UAZ-469 rusmli davlat raqami 95 V654 DA avtomobili to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda ichida ikki dona ov miltig‘i va o‘n uch bosh jayron borligi aniqlandi.

Brakonerlar T.B. “TOZ-63” va P.A. “IJ-18” rusumli ov miltig‘i yordamida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 13 bosh jayronlarni 2019 yil 22 sentyabrda kunduzgi soat 15:00-17:00 orasida noqonuniy ov qilganliklari aniqlandi.

Ayni damda noqonuniy ov bo‘yicha barcha hujjatlar to‘planib, Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston brakon'er Qizil kitob

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing