Qizil dengizda Gretsiya neft tankeri hujumga uchrab, yonib ketdi

Olam

image

Kecha, 21 avgust kuni Gretsiyaning “Sounion” neft tankeri Iroqdan Afinaga ketayotganda unga ikkita kichik kemada o‘ndan ortiq odam hujum qildi va kema cho‘kib ketdi. Bu haqda “Al Jazeera” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yamanning Hodeyda port shahridan 143 kilometr g‘arbdagi “Sounion” neft tankeriga hujum qilingan va bir nechta snaryadlar otilgan. Bu tanker yong‘iniga sabab bo‘lib, dvigatel quvvati va manyovr qilish qobiliyatini yo‘qotgan. Shundan so‘ng yonib ketgan kemadan 25 kishilik ekipaj qutqarib olingan.

Bugun, 22 avgust kuni Yevropa Ittifoqining Qizil dengiz floti missiyasi yuk tashish kompaniyasi va kema kapitanining so‘roviga javob berganini va 23 filippinlik va ikki rossiyalik ekipajni himoya qilish uchun bo‘linma jo‘natganini aytdi.

Gretsiya dengiz ishlari vaziri Xristos Stilianidis buni “xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi va xalqaro yuk tashish xavfsizligiga jiddiy tahdid” deb ta’rifladi. Ta’kidlanishicha, kemaga raketalar yoki uchuvchisiz samolyotlar hujum qilgan bo‘lishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Britaniya neft tankeri husiylarning hujumi oqibatida yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya neft' Qizil dengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing