“Qizil” hududdan kelganlarning 14 kunlik karantinni o‘tash tartibida o‘zgarish bo‘ldi
Jamiyat
−
30 iyun 2020
15369O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan (qizil reyslar) O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga o‘z hohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi. Xususan:
• Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatga kiritilgan mehmonxonalar ularga tegishli ob’ektlarni 24 soat uzluksiz qo‘riqlash bo‘yicha Milliy gvardiya bilan shartnoma tuzadi;
• ushbu mehmonxonalarda tibbiyot muassasalari tomonidan shartnoma asosida kundalik tibbiy xizmat tashkil etiladi;
• fuqarolar respublikaning xalqaro aeroportlari va chegara o‘tkazish punktlaridan mehmonxonalargacha yo‘l patrul xizmati vakillari kuzatuvi ostida transport vositalari bilan yetkaziladi.
Bundan tashqari barcha yuqorida qayd etilgan talablarga qat’iy rioya etgan holda, karantin nazorati davrini o‘tkazish uchun mehmonxonalarda joylashtirish sharti bilan xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni turoperatorlar va aviatashuvchilar tomonidan ham respublikaga yetkazib kelish reyslari tashkil qilinishiga ruxsat berildi.
LiveBarchasi