Qit’a urushi qachon bo‘lishi taxmin qilindi
Olam
−
22 yanvar 2022
65984Keyingi qit’a urushi yaqin bir necha o‘n yilliklarda bo‘lishi mumkin. Bu haqda Germaniya Harbiy-dengiz kuchlari rahbari, vitse-admiral Kay-Axim Shyonbax ta’kidlagan.
“Menimcha, (qit’alar o‘rtasida) urush yaqin ikki yoki uch yil ichida emas, balki yaqin 10-20 yil ichida bo‘ladi”, degan Shyonbax Hindiston Mudofaa tadqiqotlari institutida bo‘lib o‘tgan konferensiyada.
Vitse-admiralning fikricha, ikki tomonlama hamkorlik hech narsani anglatmaydi.
“Mamlakatlar “yaqinroq ittifoqlar” yaratishi kerak”, degan Shyonbax.
Avvalroq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyo “Sovuq urush” davridagidan ko‘ra xaotik va oldindan aytib bo‘lmaydigan xavfli vaziyatda ekanini aytgandi.
Shuningdek, fransuz jurnalisti Alen Frashon 2022 yilda qurolli to‘qnashuvlar boshlanishi mumkin bo‘lgan hududlar ro‘yxatini tuzgandi.
LiveBarchasi