Qishloq va mahalla sharoitini yaxshilashga 21 trln so‘m ajratiladi
Jamiyat
−
24 mart 2021 5249 1 daqiqa
Joriy yilda viloyat, tuman va shahar hokimlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida, davlat byudjetidan berilgan mablag‘ yoniga kamida xuddi shuncha mablag‘ qo‘shib, loyihlarni amalga oshiradi. Bu haqda Prezident raisligidagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini joriy yilda amalga oshirish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tildi.
“Bugungi yig‘ilishda har bir viloyat, tuman va shahar hokimi joriy yilgi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida, davlat byudjetidan berilgan mablag‘ yoniga kamida xuddi shuncha mablag‘ qo‘shib, loyihalar tannarxini arzonlashtirib, qanday ishlarni amalga oshirishi, ularning natijadorligi hamda qaytimi bo‘yicha hisobot beradi.
Joriy yilda qishloq va mahallalarda aholi sharoitini yaxshilashga, jami 21 trillion so‘m yo‘naltiramiz. Bunday mablag‘, shu kungacha biror marta berilmagan”, deya ta’kidladi Prezident.
Qayd etilishicha, 9 ta yo‘nalish bo‘yicha ajratilayotgan ushbu mablag‘lar har bir tuman va shahar hokimi bilan muhokama qilingan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28