Endi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinsa, prokurorlar ham javobgar bo‘ladi

Jamiyat

image

Endilikda respublika va mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘larning talon-toroj qilinsa, prokurorlar ham javobgar bo‘ladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan videselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda Tursunxon Xudaybergenov, uning o‘rinbosari Alisher Usmonov va Bosh prokuror o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov har haftada joyiga chiqqan holda, bittadan viloyatdagi ishlar ahvolini muhokama qilishi hamda har oyda Prezident Administratsiyasiga axborot kiritishi ta’kidlandi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov bundan buyon respublika va mahalliy byudjetdan ajratilayotgan juda katta mablag‘larni manzilli, talon-taroj qilmasdan har bir so‘mini qanday samarali ishlatilishini prokuratura tizimi, tuman va shaharlar prokurorlarining yordamchilari tomonidan qanday nazorat etilishini tushuntirib berdi.

Mavlonovga ko‘ra, so‘nggi ikki yilda qurilish-ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan 10 trln so‘mning 845 mlrd so‘mi talon taroj qilingan.

Endi byudjet mablag‘i talon-taroj bo‘lsa, mutasaddilar qatorida, prokurorlar ham javobgar bo‘lishi qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Obod qishloq Obod mahalla

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing