Davlat qurgan yo‘l, bino va ariqlarning butunligini ta’minlash aholiga yuklatiladi

Jamiyat

image

Bugun, 24 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.

Yig‘ilishda bundan buyon “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga qaysi mahalla yoki qishloq kirishini mahalliy kengashlar belgilashi qayd etildi.

Tuman va shahar hokimining iqtisod, qurilish va mahalla masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘z dasturlari doirasida zarur mablag‘lar va amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlarni aniq hisob-kitob qilib, mahalla raisi bilan birga, hududiy kengashlarda himoya qiladi.

“Banklarga ko‘rsatma beramiz kengashlar tasdiqlamasa, pul o‘tkazilmaydi”, deya ta’kidladi Prezident. 

Mahalliy kengashlar har bir mahalla kesimida ijtimoiy soha, ichimlik suvi, yo‘l-transport va infratuzilma ob’ektlari “manzilli dasturi”ni tasdiqlaydi.

“Bunda, dasturlar doirasida mahalla raislari va aholining “ijtimoiy hamkorligi”ni ham nazarda tutish zarur.

Ya’ni, davlat yangi yo‘l qurib bersa, uning atrofiga daraxt ekish, qazib berilgan ariq va zovurlarni keyinchalik tozalash, qurilgan binolarning butun saqlanishini ta’minlash bo‘yicha mahalla aholisi o‘ziga majburiyat oladi”, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Obod qishloq Obod mahalla

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing