“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha 600 kishi javobgarlikka tortildi – BP

Jamiyat

image

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi ijrosida kamchilikka yo‘l qo‘ygan 600 dan ortiq mas’ul javobgarlikka tortildi, 61 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda bugun, 6 iyul AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura bo‘lim katta prokurori Farrux Sultonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuror o‘rinbosari rahbarligidagi Respublika shtabi tomonidan Investitsiya dasturidagi 2 413 ta, “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi 676 ta va “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” dasturlaridagi 11 427 ta loyihaning har biri monitoringga olingan.

Ma’lumotga ko‘ra, dasturlar ijrosida kamchilikka yo‘l qo‘ygan va o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan 252 nafar mas’ullar intizomiy, 359 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 

Shuningdek, qurilish sohasida qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 61 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va 880 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklab berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Obod qishloq Obod mahalla

Baholaganlar

272

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing