Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotdan qanday foydalaniladi?
Jamiyat
−
19 iyul 2019
4044Joriy yilning 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning yer kadastriga doir axborotni vazirliklar va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Nizomga muvofiq, yer kadastriga oid axborot foydalanishi cheklangan va ochiq turlarga bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga ajratilgan yerlar to‘g‘risidagi axborot foydalanishi cheklangan hisoblanadi va undan vakolatli organlar foydalanadi.
Qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga berilmagan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumot ochiq yer kadastriga oid axborot hisoblanadi va undan barcha foydalanishi mumkin.
Axborotlar agroonline.uz dasturi bo‘yicha shakllantiriladi va unga kadastr, suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi organlari va fermerlar kengashi tomonidan bir qator ma’lumotlar kiritiladi.
Barcha ma’lumotlar umumlashtirilib vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklarining rasmiy veb-saytlariga kiritiladi.
2019 yil 1 avgustdan barcha viloyat hokimliklari rasmiy veb-saytlariga ma’lumotlarni kiritishni ta’minlashi lozim.